Qoʻlim kecha shikastlanganligi uchun singlim Asaloy idishlarni yuvdi. Soʻng birga oʻtirib serial tomosha qilib pista chaqdik. Asaloy bilan Sherxan urushdi Sherxan injiqlik qilib boʻlar boʻlmasga yigʻlayverdi. Asaloy ham uning jigʻiga tegib ahvolni battar chigallashtirdi. Gapirsam ham quloq solishmadi, 4.5 yashar bola gapga quloq solarmidi. Bu jarayon toʻxtamagach bor ovozim bilan toʻxtating deya baqirdim. Dilim qattiq ogʻridi. Oʻzimni zoʻrgʻa tutdim. Gapingni hech kim tinglamasa juda ogʻir boʻlarkan. Soʻng ukamga yigʻlamasligini, oʻgʻil bola yigʻlamasligini tushuntirdim va pistalarni magʻzini olib unga berdim u esa har doimgidek qoʻliga yigʻib turib ogʻziga soldi. Keyin xonamga kirib kitob oʻqishga qaror qildim. Nemis adibi Herman Xessening "Boʻri" hikoyasini oʻqidim.
Oʻqigan hikoyamdan hayvonlarni, odamlarni yomon koʻrmaslik kerakligini, yaxshi boʻlsin, yomon boʻlsin unga yaxshilik qilish yaxshi gapirish kerakligini tushundim. Yovvoyi hayvonlar ham, odamlar ham aslida yomon boʻlib tugʻilmagan hayot qiyinchiliklari ularni yomon boʻlishga majburlagan...)
13.01.2022 yil) 23:49.)