UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
#iqtibos
“Ey podshoh, hokimiyat izzati faqatgina qonun-qoidalar va Parvardigorga itoatda bardavom boʻlish, Uning buyruqlari hamda qaytariqlariga rioya qilish orqali mukammal boʻladi. Qonun-qoidalar ham faqat hokimiyat orqali saqlab qolinadi. Hokimiyat faqat odamlar orqaligina izzatli boʻladi. Odamlar esa faqat mol-mulk yordamida yashaydi. Mol-mulk esa faqat yerlarni obodonlashtirish orqali topiladi. Yerlarni obodonlashtirish esa faqat adolat orqali amalga oshadi. Adolat insoniyat oʻrtasida oʻrnatilgan mezondir. Parvardigor uni oʻrnatgan va unga nazoratchi tayin qilgan. Bu nazoratchi esa hukmdordir..."
Nechanchidir asrda Mubezon ismli fors diniy amldorning podshohga aytgan nasihatidan parcha.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
#iqtibos
Urush inson tabiati uchun tabiiy hol boʻlib, undan hech bir xalq yoki avlod butunlay xoli boʻla olmaydi.
. Ibn Xaldun
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Abdulrohman shared a
Translation is not possible.
У: «Албатта, мен дарду ҳасратимдан фақат Аллоҳнинг Ўзига шикоят қилмоқдаман ва Аллоҳдан сиз билмаган нарсани билурман.
(Юсуф сураси 86 оят)
****
Шикоят инсонлар томон бўлар экан бу уларда ачиниш хиссини уйғотади.
Аммо Аллоҳга юзланиб қилинган шикоят сабаб Аллоҳнинг раҳматига ноил бўлинади.
Ҳеч замонда заиф ўзи сингари бошқа бир заифга шикоят этмас. Зеро инсонларнинг барчалари заифдирлар.
Фақир ҳам ҳеч бир он ўзи каби бошқа бир фақирга арз этмагай. Чунки башар аҳлининг бари фақирлардир.
Кучсиз кучлидан паноҳ истайди. Батаҳқиқ Аллоҳдан кучлироқ ҳеч кимса йўқ!
Фақир бойдан юпанч кутади. Дарҳақиқат Аллоҳданда бойроқ зот ҳам йўқ!
АЛЛОҲ ҲУЗУРИДА БОР МУХТОЖЛИГИНГ ИЛА ЯША
Йиғла, арз эт, ўзингни хор тут ва сўра!
Бироқ инсонларга келсак, улар ичида бошингни тик тут. Жароҳатингни улардан яшир. Инсонларнинг ачиниш нигоҳлари остида бўлиш мағлубият. Уларга суянмоқ эса оқсоқликдир.
Адҳам Шарқовий
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Ko‘chada ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilib yuradigan qizlar, siz go‘zalligingizni kuchli tomoningiz deb bilasiz, dugonalaringiz bilan o‘tkinchilarni “lol” qoldirishda musobaqalashasiz. Bilib qo‘yingki, sizga suqlanib qarab o‘tadiganlar ziynatlaringizdan bahra oladilar va unutadilar — zinokorlar fohishadan bahramand bo‘lib unutganlaridek. Yaqinlaringiz va sizni chinakam qadrlaydiganlar uchun esa sochingiz qoyilmaqom turmaklangan bo‘lishi, tanangizning qayeridir ko‘rinib turishi shart emas. O‘zingizni boshqalar uchun o‘zgartirib ko‘rsatish bilan boshqalarning mehribon muomalasiga erishishingiz mumkin, ammo bu mehribonlik ortida qanday maqsad turadi? Aniqki, mehribonlikning sababi ziynatingiz bo‘lsa, maqsadi shu ziynatdan chuqurroq bahra olish bo‘ladi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Biling, chiroyda eng zo‘ri bo‘lolmaysiz. O‘zligingiz bilan esa tanhosiz.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
1) Aloqalar O'zaro Tag'oful Bilan Davomiy Bo'ladi.
2) Rozi-Rizochilik Bilan Mustahkamlanadi.
3) Sinchikovlik Sababli Kasallanadi.
4) Ko'p Sinash Sababli O'ladi.
Ikrom Sharif
Send as a message
Share on my page
Share in the group